"Inter"ning yangi prezidenti 26 yoshli yigit

Aslanov Jasurbek
26 okt 2018, 16:15
"Inter" "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida klubning yangi prezidenti nomini e'lon qildi.

26 yoshli xitoylik biznesmen Stiven Chjan klubning yangi rahbariga aylandi.

Chjan "Inter" nazorat akciyalariga egalik qiluvchi Suning Holdings Group kompaniyasi rahbarining o'g'li hisoblanadi. Neradzurilarning avvalgi prezidenti Erik Toxir klubdagi akciyalarini saqlab qoladi. Toxir so'nggi ikki yilda klub prezidenti lavozimida ishladi.

A Seriya turnir jadvali bilan tanishing: A SERIYA


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Inter