Interkontinental Kubok-2019. Tojikiston terma jamoasi 2 turda Suriyaga to'qnash keldi

Eldor Akmurzayev
10 iyul 2019, 22:50
Hindistonning Ahmadobod shahrida to'rtta terma jamoa o'rtasida Interkontinental Kubok-2019 o'rtoqlik musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Bugun, Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston terma jamoasi Suriyaga qarshi to'qnash kelib, Komron Tursunov hamda Ilhom Barotovning gollari evaziga zafar (2:0) quchdi. 

Avvalgi turda tojikistonliklar mezbonlarni 4:2 hisobida taslim etishgandi. 

Musobaqada shuningdek, SH.Koreya vakillari ham qatnashmoqda. Ular ilk turda Suriyaga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

Eslatib o'tamiz, Tojikiston so'nggi turni 15 iyul sanasida SH.Koreyaga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia