

“Fenerbahche” safida ijara asosida to'p surayotgan “Chelsi” vakili Viktor Mozes “Inter” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Agar milanliklar “Roma”dan Leonardo Spinaccolani olib kela olmasa, u holda bor e'tibor Mozes transferiga qaratiladi.
“Chelsi” Mozes uchun 10 mln funtga ega bo'lishni xohlamoqda. “Inter” esa Viktorni faqat ijaraga olish niyatida. Joriy mavsum futbolchi Turkiya chempionatida 6 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.



