"Inter"ga "Chelsi" hujumchisi kerak

Khoja
14 avg 2025
"Inter" "Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunkuni sotib olish yo'llarini izlamoqda.

Ular futbolchini sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olishmoqchi. Biroq London klubi hujumchini shu yilning o'zida sotib yuborishni maqsad qilgan.

Kristofer Nkunkuga "Inter"dan tashqari "Bavariya" va "RB Leyptsig" qiziqish bildirmoqda.

"Chelsi" o'z hujumchisining transferidan taxminan 50 million evrodan ko'proq pul ishlab olmoqchi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru