"Inter" va "Roma" futbolchilari Xitoyga ketishni istamadi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019, 15:26
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich hamda "Roma" futbolchisi Stefan El-Shaaravi Xitoydan bo'lgan taklifni rad etdi.

Oldinroq "La Gazzetta dello Sport" nashri ushbu futbolchilarga Xitoyning katta jamoalari qiziqish bildirayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

El Shaaravi o'tgan mavsum "Roma" tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 11 gol kiritdi. "Inter" futbolchisi esa gol+pas tizimida 11 ochko yig'a oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport