"Inter" va "Roma" argentinalik futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
13 iyul 2020
"Valensiya" sobiq himoyachisi Esekiel Garay faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, argentinalik futbolchining xizmatlariga "Inter" va "Roma" klublari qiziqmoqda.

33 yoshli o'yinchi "Valensiya" bilan tuzilgan shartnoma yakuniga etgandan beri erkin agent maqomida bo'lib turibdi. U tizzasidan olgan jarohati tufayli fevraldan buyon o'ynamayapti.

Futbolchi "Valensiya"ga qadar "Nyuells Old Boyz", "Rasing" (Santander), "Real", "Benfika" va "Zenit" klublari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: superdeporte.es