"Inter" Perishichni APL jamoasiga sotishga tayyor

Mirjalol Normatov
26 yanv 2019
"Arsenal" "Inter" futbolchisi Ivan Perishichning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, milanliklar futbolchisini 35-40 million evrodan kamiga sotmoqchi emaslar. O'tgan mavsumda ular xavbekni MYUga 50 million evroga ham sotmagandi.

"Kanonirlar" xorvatiyalikni sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Hozirda ikki tomon muzokaralarni davom ettirmoqda. "Inter" futbolchisini sotishga qarshi emas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport