“Inter” Paredesga ko'z olaytiryapti

17 apr 2018, 01:22
“Zenit” yarim himoyachisi Leandro Paredes yana Italiyaga qaytishi mumkin.

Interlive.it portalining Rai Sport telekanaliga tayanib xabar berishicha, futbolchining transferiga “Inter” klubi qiziqish bildiryapti. Milan klubi bosh murabbiyi Luchano Spallettiga Paredesning o'yinlari yoqadi. 

Aynan Spaletti Leandroni o'z jamoasida ko'rish istagini bildirgan. Paredesga “Real” va “Yuventus” klublari ham xaridor bo'lgan edi. 

O'xshash yangiliklar