"Inter" himoyachisi "Napoli"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
26 dek 2018, 14:49
"Napoli"ga qarshi bo'ladigan A Seriyaning 18-tur uchrashuvida "Inter" himoyachi Joao Mirandaga ishonch bildira olmaydi.

Braziliyalik futbolchi eski jarohatidan qutilgani yo'q va neapolliklarga qarshi o'ynamaydi. Bu haqda nerazurrilar ustozi Luchano Spalletti matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Oldinroq, "Napoli" bilan o'yinda "Inter" yarim himoyachisi Raja Naynggolan o'ynay olmasligi e'lon qilingan edi. Spallettining so'zlariga ko'ra, belgiyalikni maydonga tushirmaslik qarori klub prezidentidan chiqqan.

"Inter" - "Napoli" uchrashuvi bugun "Juzeppe Meacca" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs 00:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com