"Inter" ham Obameyang uchun kurashga qo'shildi

1 yanv 2020, 01:15
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang A Seriya klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"The Mirror" nashri xabariga ko'ra, 30 yoshli gabonlik futbolchi uchun Milanning "Inter" klubi ham da'vogarlik qiladi. Bunga qadar Obameyang ispan grandlarining diqqat markazida turgandi.

Avvalroq gabonlik hujumchi "to'pchilar" safidan qishdayoq ketishni xohlayotgani haqida xabar qilgandik.

Eslatib o'tamiz, Obameyang joriy mavsum 24 uchrashuvda maydonga tushib, 15 golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Mirror