"Inter" "Bavariya"dan Zommer uchun chegirma so'rayapti, biroq...

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2023
"Inter" Andre Onana o'rniga Yana Zommerni olib kelmoqchi.

Italiyaliklar 34 yoshli shveytsariyalik darvozabon uchun nemislardan chegirma so'ramoqda.

Biroq "Bavariya" Zommerni shartnomada belgilangan 6 mln. evro tovon pulidan kamiga sotmoqchi emas. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etyapti.

Yan Zommer 2023 yilning qishida "Bavariya"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com