

19 yoshli futbolchi Karlo Anchelotti jamoasida asosiy tarkibda emas. Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Gyuler mish-mishlarga qaramay, yanvarda "Real"ni tark etmoqchi emas. Yosh turk Madridda qolmoqchi va asosiy tarkib uchun kurashmoqchi.
Gyuler joriy mavsum "Real" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushdi.



