Insayder: “Miranchuk A Seriyaning boshqa klubiga o'tadi”

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2022
Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Atalanta” yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk faoliyatini “Lacio”da davom ettiradi. Uning agentlari Milanda Rim klubi vakillari bilan muzokara o'tkazgan. “Lacio” sport direktori Igli Tare rossiyalik futbolchini olib kelish uchun bergamoliklarni ko'ndirmoqchi, ammo jamoa ustozi Jan Pero Gasperini tarkibdagi muammolar tufayli Alekseyni qo'yib yubormoqchi emas.

26 yoshli Miranchuk 2020 yil kuzida “Lokomotiv” (Moskva)dan “Atalanta”ga o'tgan. U joriy mavsum A Seriyada 13 o'yinda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatmoqda. Yarim himoyachining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o'z nihoyasiga etadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira