Insayder: "Bavariya" "Ayaks" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
26 may 2022, 13:58
"Ayaks" va "Bavariya" 19 yoshli o'yinchining transferi borasida kelishuvga erishdi.

Gravenberx myunxenliklar bilan kelishuvi 2027 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. "Bavariya" niderlandiyalik yarim himoyachi uchun 25 mln evro to'laydi.

Gravenberx 2021/22 yilgi mavsum "Ayaks" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi. 

Uning amstyerdamliklar bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano