Inesta: "Jamoadoshlarimga ovozimni ko'tarmayman"

Aslanov Jasurbek
22 avg 2017, 14:24
"Barselona" sardori Andres Inesta jamoadoshlari bilan suhbatni doimo xotirjam olib borishini aytdi.

"Men bunday emasman. Suhbatlashishni va o'sish bo'lishi uchun kerakli tushuntirish berishni maqul ko'raman. Jamoadoshlarimga ovozimni ko'tarmayman. Ammo raqobatbardoshman, to'g'rimi? Raqobatbardoshlik - bunday klubda shuncha uzoq yil o'ynashning asosiy yo'li. Bolaligimdan buni his qilganman, chunki g'alaba va yana g'alaba kerak edi. Raqobatbardoshlik qonimda bor" - deydi Inesta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Pais