Inesta: "Ispaniya jahon chempionatida deb o'ylash xato bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
3 sen 2017, 17:12
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta JCH-2018 saralash bahsida Italiya ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Ispaniya to'p bilan va to'psiz juda yaxshi harakat qildi. Juda foydali o'ynadik, g'alaba esa tizimimizni oqladi. Avtobusdan chiqishimiz bilan "Santyago Bernabeu"dagi atmosfera ajoyib edi.

Jahon chempionatiga chiqdik deb o'ylash xato bo'lardi. Biz hal o'z vazifamizni uddalaganimiz yo'q" - deydi Inesta.

"G" guruhidagi turnir jadvali.

1. Ispaniya – 19 ochko (7 uchrashuv);

2. Italiya – 16 (7);

3. Albaniya – 12 (7);

4. Isroil – 9 (7);

5. Makedoniya – 6 (7);

6. Lixtenshteyn – 0 (7).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca