Inesta: "Biz o'z ishimizni qilmadik"

Tolibjon Qosimov
12 apr 2017, 19:38
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta YCHL 1/4 finali birinchi o'yini doirasida "Yuventus"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3) haqida gapirib o'tdi.

"Butun jamoamiz juda ham yomon o'ynadi, ayniqsa birinchi bo'limda. Chempionlar ligasida biz kecha yo'l qo'ygan xatolar uchun jazolashadi. "Yuventus" yaxshi raqib bo'ldi, lekin biz o'zimiz o'z ishimizni qilmadik. Agar hammasini to'g'ri qilsak, javob o'yinida vaziyatni o'nglaymiz", - deydi Inesta.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com