Inesta "Barselona"ni tark etsa, kim jamoa sardori bo'ladi?

Aslanov Jasurbek
26 mar 2018, 12:05
"Barselona" sardori Andres Inesta yozda jamoani tark etishi mumkin.

Unga Xitoy klublari qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, Inesta 30 aprelgacha bu borada qaror qabul qilishi e'lon qilingan edi.

Ispaniyaning MARCA nashri yarim himoyachi jamoani tark etsa, "Barselona"da kimlar sardor bo'lishi haqida ma'lumot berdi.

Agar Inesta boshqa klubga o'tsa, Lionel Messi Kataloniya klubining asosiy sardori bo'ladi, u maydonda yo'q vaqtida esa Serxio Buskets ushbu bog'ich bilan harakat qiladi. Sardorlar safiga quyidagi futbolchilar ham qo'shiladi: Xerard Pike, Ivan Rakitich, Xordi Alba, Luis Suares, Mark-Andre ter Shtegen.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca