Inesta "Barselona"ga qaytishni xohlamoqda

Alisher
24 sen 2020, 15:55
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesa "Barselona"ga qaytishni xohlashini aytdi.

"Barselona" - mening uyim. Men bu klubda uzoq vaqt bo'lganman. Umid qilamanki, men qaytaman. Taxmin qilishni xohlamayman, ammo qaytish xohishi bor.

Men hozir e'tiborimni "Vissel Kobe"dagi faoliyatimga qaratganman. Men ushbu klub bilan yana bir yil bo'laman", - deydi Inesta.

Andres Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2002-2018 yillar davomida "Barselona"da to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo