Ikkinchi liganing ikkinchi davrasi boshlandi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2015, 12:51
"Mashal"ning ikkinchi ligada ishtirok etadigan ikki jamoasi ham viloyat ikkinchi liga bahslarini boshladi.

Kecha Muborakda Mikola Lapa boshqaruvidagi "Mashal-1999" jamoasi "Olimpiya"ni qabul qildi va ushbu uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. 

Ikkinchi liga 

"Mashal-1999" - "Olimpiya" 0:0 

Ikkinchi jamoamiz "Mashal-3" bo'lsa Shahrisabzga safar uyushtirdi va g'alaba bilan qaytdi. Ikrem Repatov boshqaruvidagi bu jamoa turnirda mag'lubiyatsiz bormoqda va peshqadamlikni qo'lga olgan. Kecha ham safarda "Xisor" ustidan 3:1 hisobida g'alaba bilan qaytdi. 

Ikkinchi liga 

"Xisor" - "Mashal-3" 1:3 

Gollar: Alvesh Murodullaev, Bakir Murtozaev, Alibek Rahmatullaev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz