Iker Kasilyas: "Krishtianu Ronaldu va Keylor Navasni tabriklayman"

Aslanov Jasurbek
26 sen 2014, 12:29
"Real" darvozaboni "Elche" darvozasiga to'rtta gol urgan Krishtianu Ronalduni maqtadi.
"Jamoa juda yaxshi o'ynadi, ajoyib himoyalandi va hujum qildi. Ayniqsa Krishtianu Ronaldu o'zini yaxshi ko'rsata oldi. Biz uning yuqori natijalariga o'rganib qoldik, ammo to'rtta gol urish oson ish emas. Keylor Navasni ham debyut bilan tabriklamoqchiman" - deb yozadi Kasilyas o'zining rasmiy saytida.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru