Iker Kasilyas faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2020, 17:42
Real va Portu klublarining sobiq posboni Iker Kasilyas tvitter orqali 39 yoshida professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Kasilyasning futboldan ketishi qishdayoq aytilgandi. 2019 yil may oyida u yurak xurujini boshdan kechirgandi. Keyinroq Iker Ispaniya futbol Federatsiya prezidenti bo'lish uchun o'z nomzodini ilgari surdi, biroq keyinroq uni qaytarib oldi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, u Realga qaytadi va prezident maslahatchisi bo'ladi.

Kasilyas Real klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1998-2015 yillarda madridliklar safida to'p tepdi. Qirollik klubi bilan birga 18ta sovrin qo'lga kiritdi. Ular orasida 5ta Ispaniya chempionligi, ikkita mamlakat kubogi va uchta Yevropa chempionlar ligasi sovrini bor. Portu bilan ikki bor Portugaliya chempioni bo'ldi, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

Ispaniya terma jamoasi safida Kasilyas 2000-2016 yillarda o'ynadi. Terma jamoa bilan birga ikki bor Yevropa va bir bor Jahon chempioni bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/IkerCasillas