Ikardi mashg'ulotda jarohatlandi va "Napoli"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
Aslanov Jasurbek
6 mar 2015, 15:18
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi o'z jamoasining mashg'ulotida jarohat oldi va "Napoli"ga qarshi Italiya chempionati 26-tur uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.
Asosiy tarkibda argentinalikning o'rnini Lukas Podolski egallaydi. Uchrashuv 8 mart kuni Neapolda bo'lib o'tadi. Ikardi joriy mavsumda A seriyaning 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 14ta gol urdi.