Ikardi A Seriyaning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 may 2020
"Inter"ning sobiq sardori Mauro Ikardi "Napoli"ga o'tishi mumkin.

"FC Inter News" xabariga ko'ra, neapolitanliklar o'zlarining qaysidir futbolchisi evaziga Ikardini transfer qilmoqchi.

Hozircha ular "Inter"ga bu borada Arkadiush Milik yoki yarim himoyachi Allanni taklif qilmoqda.

Ikardining tovon puli 70 mln evroga teng, PSJ esa uni 60 mln evroga sotib olishga tayyor turibdi.

Oldinroq futbolchining rafiqasi va agenti Vanda Nara qaror qabul qilishni Ikardiga topshirganini aytgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FC Inter News