Ibragimovich “MYU – Barselona to'qnashuvida kimlar qahramon bo'lishini aytdi

Eldor Akmurzayev
10 apr 2019, 00:30
Barselona va Manchester Yunaytedning sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovich YCHLning bo'lajak uchrashuvi oldidan o'z fikrini bildirdi.

Ikkalasi ham katta tarixga ega buyuk jamoalardir. Bu uchrashuvni kuzatib borish qiziq bo'ladi. Ikkala klubda ham fantastik futbolchilar harakat qiladi. Ko'ramiz kim kuchliroq bo'lar ekan. Messi har bir o'yinda jamoasi uchun asosiy vazifani bajarib beradi. Sir emaski, Pogba ham shunday qobiliyatga ega. Mazkur to'qnashuv Messi va Pogba o'rtasida kechadi. Garchand, futbol jamoaviy o'yin hisoblansa ham, o'ylashimcha, ikki o'yinlik bahsning taqdirini aynan ular hal etadi, – deydi faoliyatini MLS'da davom ettirayotgan hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo