Ibragimovich "Milan"dagi vazifasi haqida ma'lumot berdi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2024, 20:01
Shvetsiyalik sobiq futbolchi murabbiylar shtabiga qo'shilishni istamayapti.

"Milan" sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovich klubdagi rolini tushuntirib berdi.

"Men murabbiylik qilishni xohlamayman. Murabbiy sifatida bir hafta ishlasam, butunlay kulrang sochlar paydo bo'ladi. Trenerning ish vaqti kuniga 12 soatgacha.

Murabbiy bo'lsangiz, sizda umuman bo'sh vaqtingiz bo'lmaydi. Mening vazifam – hamma narsani birlashtirish, yetakchi bo'lish, tuzilma va tashkilotning ish faoliyatini nazorat qilib borish. Ishim – hammani faollikda ushlab turish", – dedi futbolchi.

Avvalroq milanliklar bosh murabbiyi jamoaning keyingi mavsumdagi maqsadini aytib o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic