"Hududiy kubok egalari kubogi"-2021. Finalchilar ma'lum!

Alisher
19 noya 2021, 17:12
Buxoro shahrida "Hududiy kubok egalari kubogi" bahslari bo'lib o'tmoqda.

Bugun musobaqaning yarim final uchrashuvlari o'tkazildi.

Dastlab Qoraqalpog'istonning "Aqmangit" klubi Sirdaryoning "Universitet"ga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv 3-1 hisobida "Aqmangit" jamoasi g'alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi yarim final bahsida esa Surxondaryoning "Denov" klubi 2-1 hisobida Andijonning "Makro-FARM" ustidan g'alaba qozondi. 

Ertaga final bahsida "Aqmangit" va "Denov" o'zaro bahs yuritadi.


Yarim final

"Aqmangit" - "Universitet" - 3:1

"Denov" - "Makro-FARM" - 2:1


AlisherMuallif
Manba: championat.asia