Hojimat Erkinov: "Bundan futbolchi chiqmaydi, bo'yi past" deb aytganlar bo'lgan"

Sherzod Nurmatov
8 okt 2025, 16:02
"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" vingeri Hojimat Erkinov mehmon bo'ldi.

O'zbekistonda ilgari ham, bugungi futbolda ham bo'yi past deb tarkibga olinmaslik holatlari uchraydi. Vaholanki, milliy terma jamoa a'zolari Masharipov, Iskanderov, Fayzullaev kabi futbolchilar bo'yi baland futbolchilar sirasiga kirmaydi. Podkast mualliflaridan biri shunday holatlar tufayli ko'plab yaxshi futbolchilarning kelajagiga bolta urilayotgani haqida to'xtalib, Hojimat Erkinovning bu haqdagi fikrlari bilan qiziqdi. 

"Menga nisbatan ham shunday fikrlar bo'lgan. "Paxtakor" o'rinbsarlari safida o'ynab yurgan paytimda Shota Arveladzening yordamchisi bo'lgan o'zbek murabbiyi Yoshlar Ligasi o'yinlarini ko'rgan holda o'zini ko'rsatgan futbolchilarni asosiy tarkibga jalb qilardi. Men hech qachon taklif etilmaganman. Qo'qon va Olmaliqda o'ynaganimdan keyingina "Paxtakor" asosiy tarkibida to'p tepganman. Ungacha esa boshlang'ich tarkibga jalb etilmaganman.

"Bundan futbolchi chiqmaydi, bo'yi past" deb aytganlar bo'lgan. Ayrim murabbiylarda bu narsa bor. O'shanda bilganman. Lekin bunda poziciyani hisobga olish kerak. Darvozabon, markaziy himoyachi yoki tayanch yarim himoyachisi bo'lsa, bo'y muhim o'rin tutishi mumkin", – dedi Erkinov.

"90minutuz" podkasti to'liq holda:

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia