Here we go! "Liverpul" APL tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirmoqda

Khoja
1 sen 2025
"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradi.

Tomonlar kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabricio Romano ma'lum qildi. Transfer narxi 130 million funt (150 million evro)ga teng bo'ladi. Ushbu transfer APL tarixidagi eng qimmati sifatida tarixga kiradi.

Futbolchining o'zi esa APLning amaldagi chempionlari bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Ma'lumot uchun, Isak "Nyukasl"da 2022 yildan beri harakat qilib keladi. U jamoa safida 109 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urgan yana 11 ta golga assist bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano