

"Real Madrid" klubi vingeri Vinisius Junior "Betis"ga qarshi o'yinda hakam unga ko'rsatgan sariq kartochkadan norozi bo'ldi. 86-daqiqada hakam Viniga sariq kartochka ko'rsatdi, futbolchi esa bundan qattiq norozi bo'ldi. Vinisius o'sha payt hakamga qarata shunday degan:
"Bu jinnilik! Albatta, albatta. Sen har doimgidek menga kartochka ko'rsatding. Har doim menga sariq bor. Har doimgidek, men".
Ma'lumot uchun, kecha "Real" "Betis"ga qarshi o'yinda 1:2 hisobida imkoniyatni bor berdi.



