

Og'ir jarohat tufayli uzoq vaqt futbol o'ynay olmagan himoyachi bu yilgi mavsumni Navoiyning "Qizilqum" klubida o'tkazdi. Biroq ikkinchi davrada 4ta o'yindagina maydonga tushdi. Hamza Karimovning shartnomasi yakuniga etdi va u klubdan ketdi. Bu ma'lumotni "Qizilqum" bosh menejeri Hamidjon Aktamov ham tasdiqladi.




