Hamidov Iftixorda qo'nim topdi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2018, 09:25
Qo'qonlik futbolchi mavsumlar oralig'ida o'z jamoasini topishga biroz qiynaldi.

Gap shundaki, Sobir Hamidov avvaliga Qo'qon-1912 tarkibida shug'ullanib yurgandi. Ammo Superliga bahslari boshlangach, qo'qonliklar 32 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi. Shundan keyin Sobir ma'lum muddat Termizning Surxon jamoasi yig'inida ham ishtirok etib qaytdi. Ayni damda esa Hamidov Pro-liga debyutanti Iftixor jamoasining ro'yxatidan o'rin olgan. Shu tariqa Sobir oltiariq jamoasida ko'nim topgan ko'rinadi.

Ma'lumot uchun, Iftixor o'z safiga, muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Akmal Xolmatov, Mansur Saidov, Sherzod Hakimov, Umid Qodirov, Orif Mamajonov, Hasanboy Ergashev hamda Ilhom Jumanovni qo'shib olgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia