Hamidjon Aktamov: "Safardagi durang – yomon natija emas"

Narzulla Saydullayev
14 sen 2018, 08:20
“So'g'diyona” – “Qizilqum” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirdi:

- Muxlislarga maqul keladigan qiziqarli uchrashuv guvohi bo'ldik. Yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda hisob umuman boshqacha ko'rinish olishi ham mumkin edi. Biroq bu – futbol.  Shunisi bilan ham qiziq. Safardagi durang – yomon natija emas. Bugun yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi.  Raqib jamoaning kelasi uchrashuvlarida omad tilayman,  - dedi murabbiy.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Қизилқум” матбуот хизмати