Hamidjon Aktamov: "Bugun hujumchisiz o'ynashga qaror qildim"

Narzulla Saydullayev
10 apr 2021
Coca Cola Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun alamli mag'lubiyatga uchradik. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Bugun g'alaba qozonishimiz mumkin edi. O'zimiz qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Kutilmagan jarohatlar o'z ta’sirini ko'rsatdi. Bu futbol, "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- Mate Vatsadzening asosiy tarkibda tushirilmaganligining sababi nima?


- Vatsadze 4 ta turdan beri gol urmadi. Shu sabab bugungi o'yinda hujumchisiz o'ynashga qaror qildim. U gol urolmasa ham o'ynatavermaymanku! Shu uslubni sinab ko'rdik, baribir oxirgi 15 daqiqada qo'yib ko'rdik. U harakat qildi, baribir hujum chizig'i bo'yicha qiynalayapmiz. Bugun jamoaviy tarzda hujumga o'tdik, xududlarni tashlab chiqdik, shu kabi sabablar orqali jazolandik.

- Giorgi Kuxianidzening o'yini tobora ochilib bormoqda. Bugun u jarohat tufayli maydonni erta tark etdi. Kuxianidzening jarohati qanchalik jiddiy?

- Ha, bu haqida menga aytishdi. Ozgina boshidan jarohat olibdi. Uning holatini yana ko'rib chiqamiz.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia