Hakamlik mojarosi tufayli UEFA "Barselona"ga evrokuboklarda ishtirok etishga ruxsat bermasligi mumkin

18 fev 2023, 15:30
"Barselona" hakamlarga pora berganlikda ayblanib UEFA tomonidan sankciyalarga uchrashi mumkin.

Ispaniyalik sport huquqiga ixtisoslashgan yuristlardan birining takidlashicha, Kataloniya klubi yuqoridagi ayblov bilan bir qator jazolarga duchor bo'lishi mumkin. 

UEFA qoidalarining bandlaridan biriga muvofiq, agar tashkilot biror bir klub milliy chempionat yoki xalqaro musobaqadagi o'yin natijasiga ta’sir qilishga qaratilgan har qanday faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan, deb hisoblasa, bu jamoa Yevropa musobaqalaridan chetlatiladi.

Shu tariqa, "Barselona"ning aybi aniqlansa, UEFA kataloniyaliklarni navbatdagi Chempionlar Ligasida ishtirok etishga ruxsat bermasligi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Ispaniya hakamlar qo'mitasining sobiq a'zosiga sport natijalariga ta’sir o'tkazish uchun pul o'tkazganlikda ayblanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Onda Cero