O'FF: Hakamlarni attestaciyadan o'tkazish jarayoni 6 dekabrdan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
28 noya 2017, 11:12
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi xodimlar malakasini oshirish, o'z kasbining mutaxassisi bo'lgan insonlar federatsiya tarkibida ishlashini taminlash maqsadida, o'zbekistondagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federatsiyalari xodimlarini attestaciyadan o'tkazilishi belgilangandi.

Shunga ko'ra, shu yilning 6-7 dekabr kunlari Toshkent shahrida 25 nafar yosh hakamlarni attestaciyadan o'tkazish ishlari olib boriladi. Attestaciyada xakamlar jismoniy tayyorgarlik hamda futbol o'yini qoidalari bo'yicha sinovdan o'tadilar va video materiallardan tayyorlangan testlarni topshiradilar.

Shuningdek, 15-16 dekabr kunlari  Toshkent shahrida Oliy va Birinchi liga bosh hakamlari hamda Oliy liga laynsmenlarini attestaciyadan o'tkazish jarayoni bo'lib o'tadi.

2018 yilning  10 yanvaridan 20 fevraliga qadar bo'lgan davrda Birinchi Liga yordamchi hakamlari va dastlabki sinovdan o'tgan yosh hakamlar va hakamlar inspektorlari attestaciyadan o'tishadi.

Kelasi yilning 10-20 fevral kunlari Oliy liga xakamlari uchun Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv mashg'ulot yig'ini tashkillashtirish ham rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com