Gvardioladan keyin "Siti"ni boshqaradigan asosiy da'vogar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
16 dek 2019, 20:42
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Manchester Siti" rahbariyati Pep Gvardiolani iste'foga chiqarishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, ayni damda "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers yozda "Manchester Siti" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin. Ayni damda "shaharliklar" rahbariyati shimoliy irlandiyalikning nomzodini ko'rib chiqishmoqda.

Oldinroq "Manchester Siti"dagilar Mikel Artetaning nomzodini ko'rib chiqayotgandi. Biroq Artetaning nomzodini "Arsenal" ko'rib chiqayotgani borasida mish-mishlar paydo bo'lganidan keyin Rojers varianti "shaharliklar" rahbariyatiga ko'proq yoqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports