Gvardiola: "Umrimda boshqa hech qachon o'shandagidek jahlim chiqmagan"

Omonjon To`xtamirzayev
22 okt 2024
Pep Gvardiola futbolchilarning jarohatlari haqida gapirdi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Jon Stounzning Angliya va Belgiya (2:2) o'rtoqlik uchrashuvida olgan jarohatini esladi.

"Boshqa hech qachon o'shandagidek jahlim chiqmagan. Umrimda boshqa hech qachon o'shandagidek afsuslanmaganman. [Angliya terma jamoasida] O'rtoqlik uchrashuvi edi, biz esa YCHL choraf finalida "Real"ga qarshi o'ynaydigandik va Premer-liga chempionligi uchun kurayotgandik".

Uchrashuv o'rtoqlik maqomiga ega edi, futbolchilar esa jarohat bilan qaytishgan. Menga bu butkul yoqmagan", – dedi "Manchester Siti" ustozi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: BBC