Gvardiola trebl haqida: "Buni takrorlab bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
10 avg 2023, 21:31
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning fikriga ko'ra, treblni qaytarishning ilojisi bo'lmaydi.

O'tgan mavsumda "shaharliklar" Angliya chempioni, Angliya Kubogi sohibi va YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

"Bunaqasi odam hayotida bir marta bo'ladi. O'tgan mavsumda qilgan ishni ushbu mavsumda takrorlashning ilojisi yo'q.

O'tgan mavsumda biz o'zimizning eng zo'r holatimizni ko'rsatdik, biroq so'nggi ikki kun davomida pasayishni ko'rdim. Endi barchasini boshqatdan boshlaymiz. Jamoadagi hamma yana o'sha darajaga qaytish uchun juda ko'p qiynaladi. Bizning futbol, bizning daraja, bizning mentalitet mavsumdagi holatga qarab aniqlanadi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal