Gvardiola qanday futbolchilarni yoqtirmasligini aytdi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2018, 22:56
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubning transferlar oynasi vaqtidagi faoliyati haqida gapirdi.

"Futbolchining shaxsiy sifatlari - eng asosiysi. Futbolchi haqida juda ham ko'p ma'lumotlarga ega bo'lish kerak.

Yaxshi futbolchilar bilan ishlashni yoqtiraman. Klubdoshlarini, murabbiy yoki klubni yomon ko'radiganlar borasida aksincha. Futbolchining ko'nikmalari esa eng muhimi. Maydonda har doim sifatli o'yin namoyish qilish kerak.

Biz o'z tarkibimizga faqatgina asosiy tarkib uchun kurasha oladigan futbolchini qo'shib olamiz", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian