Gvardiola: "Messi va Ronaldu qilgan ishlarni takrorlash deyarli imkonsiz"

Sherzod Nurmatov
23 noya 2021, 21:27
"Manchester Siti" ustozi zamonamizning ikki eng yaxshi futbolchisining o'yini haqida fikr bildirdi.

"Bu ikki yigit (Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu) qilgan ishlarni takrorlash deyarli imkonsiz. Biz shunga o'xshash narsani ko'rishimiz mumkin, lekin menimcha, bunday bo'lmaydi. Krishtianu va Leo kabi futbolchilarni topish mushkul. Boshqalar ular qilgan ishlarni qila olishi dargumon", – dedi Gvardiola.

"Manchester Siti” ertaga PSJga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca