Gvardiola: “Man Siti”ning muvaffaqiyatlariga faqat pul evaziga erishilmagan”

6 noya 2018, 21:01
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ingliz klublari moliyaviy fyer-pleyga amal qilmayotganligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“O'ylashimcha, biz bu yerda katta ishlarni amalga oshirayapmiz. Nafaqat murabbiylar shabi, futbolchilar, klub personali ham. Ularsiz biz hech bir yutuqqa erisha olmasdik.

Katta klublar yaxshi futbolchini qo'lga kiritish uchun katta xarajatlarni amalga oshirishadi. Muvaffaqiyatlarni yuqori saviyali futbolchilarsiz qo'lga kiritib bo'lmaydi. Bizning muvaffaqiyatlarimiz faqat pul orqali qo'lga kiritiladi, deb o'ylayotganlar adashishadi. 

Men jamoamga ishonaman. UEFA, FIFA va APL tomonidan o'rnatilgan qonun-qoidalarga bo'ysunamiz. Ishoning bu borada men mutloq halollik tarafdoriman”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph