Gvardiola: Garsiya tez orada “Barselona” uchun o'ynaydi

1 mar 2021, 19:14
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning takidlashicha, uning shogirdi Erik Garsiya “Barselona”ga o'tadi.

“Erik Garsiya menga o'g'ildek. O'tgan mavsumda “lokdaun”dan keyin u bizning eng yaxshi himoyachimiz bo'ldi. Ishonaman, u tez orada “Barselona” uchun o'ynaydi. Erik oddiy o'yinchi emas, u top-futbolchi”, – dedi ispaniyalik mutaxassis.

20 yoshli futbolchining “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsumning oxirida yakunlanadi. Taxminlarga ko'ra, “Barsa” allaqachon Garsiya bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Evening News