Gvardiola darvozaga yangi posbon izlamoqda. Portugaliya terma jamoasi a'zosi – nomzodlardan biri

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2025, 18:28
"Manchester Siti" "Portu" darvozaboni Diogu Koshtaga qiziqish bildirmoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, "shaharliklar" 25 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralarni qayta boshlagan. 2025 yilning bahorida futbolchi transferga dastlabki roziligini bergani xabar qilingan, biroq tomonlar bu masalani yozgacha qoldirish yaxshiroq degan xulosaga kelgandi.

Transfer narxi 60 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

Koshta o'tgan mavsum barcha turnirlarda 43 o'yinda ishtirok etib, 45 ta gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: maisfutebol.iol.pt