Guarin Interda qolishni istaydi

Aziz Tukhtamuradov
3 avg 2015, 20:30
Bu haqida futbolchining agenti Marselo Ferreyra aytib o'tdi.

"Shuni aytishim mumkinki, men "Yuventus" bilan aloqaga chiqmaganman. "Inter" vakillari bilan gaplashgan - gaplashmaganliklarini bilmayman. Guarinning fikri aniq. U klub va murabbiyni hurmat qiladi va "Inter"da qolib, klubga sovrinlar yutishda yordam berishni istaydi.

Bizda "Fenerbaxche"dan taklif bor edi. Lekin, bu taklifga rad javobini berdik. Saudiyadan bo'lgan taklifni esa qarab ko'rib ham chiqmadik. Qaytaraman, Fredi "Inter"da qolishni istaydi", - deydi agent.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: bombardir.ru