Grizmann Tyuramni "Atletiko"ga o'tishga undamoqda

Оқил Абдубарноев
29 iyun 2023, 19:46
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann hujumchi Markus Tyuramni jamoadosh bo'lishga ko'ndirmoqchi.

Diario AS xabariga ko'ra, "Atletiko Madrid"ning fransiyalik futbolchisi vatandoshining "matraschilar" safida to'p tepishini xohlamoqda, ammo Tyuram "Inter"ga o'tishga qaror qilgan. 

Qayd etilishicha, Menxengladbaxning "Borussiya" klubi sobiq futbolchisi "Atletiko"dagi yuqori raqobatdan cho'chigan.

25 yoshli Tyuram o'tgan mavsum barcha turnirlarda 32 o'yinda maydonga tushib, 16 gol urgan va 7 golga assistentlik qilgan. 

Transfermarkt portali hujumchini 32 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Diario AS