Grizmann: “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishda menga nima etmayapti? Yaxshi savol”

4 dek 2018, 07:44
“Atletiko Madrid” hujumchisi “Oltin to'p” uchun kurashda 3-o'rinni band etdi.

- Modrichning g'alabasidan so'ng his-tuyg'ularingiz qanday?

- Avvaliga yolg'iz qolishni xohladim. Finalchilar orasida bo'lganimdan faxrlanaman. Men o'z hamkasblarimni va boshqa da'vogarlarni ham juda hurmat qilaman. Bu yil men nafaqat mundialni, balki Yevropa Ligasi va Yevropa Superkubogini ham yutdim. Birinchi navbatda Modrichni “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. U ajoyib yil o'tkazdi. Men o'z yilimdan qoniqdim. Oldimga qo'ygan maqsadlarimga erishdim.

- “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishda sizga nima etmayapti?

- Yaxshi savol, - deya so'ziga yakun yasadi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS