Grizmann futbolchilik faoliyatini AQSHda yakunlamoqchi

Оқил Абдубарноев
17 avg 2023, 22:42
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann futbolchilik faoliyatini MLSda tugatmoqchi.

Fransiyalik futbolchining takidlashicha, u MLSda to'p tepishni istamoqda, shuningdek, uning o'g'li beysbol va basketbolni o'rganyapti.

32 yoshli o'yinchi Amerikada chempionatning bir nechta o'yinlarini tomosha qilishga ham ulgurgan.

"Men Amerika sportini yaxshi ko'rganim uchun MLSda o'ynashni va undan zavqlanishni xohlayman. Ammo hozirda "Atletiko" bilan tarix yaratishda davom etmoqchiman. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi".

Avvalroq Grizmanni "Al Hilol" sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail