Grizmann "Barselona"ga o'tish uchun maoshi kamayishiga ham rozi

Aslanov Jasurbek
28 mar 2019, 14:45
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann yozda klubini o'zgartiradigan ko'rinadi.

Futbolchi "Barselona"ga o'tishni xohlayapti. Fransiyalik forvard Kataloniya klubiga o'tish uchun maoshi kamayishiga ham qarshi emas. Grizmanning ayni damdagi mavsumiy maoshi 23 mln. evro. 28 yoshli forvardning yangi klubidagi maoshi 16 mln. evroga teng bo'lishi mumkin, chunki o'tgan yili yozda "Barselona" Grizmannga shunday maoshli bitim taklif qilgan edi, ammo Antuan "Atletiko" bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo