Grizmann: "Barselona"ga gollarim kerak. Biz ko'p imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz, birinchi navbatda - men"

Alisher
1 noya 2020, 14:28
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann La Liga 8-tur doirasidagi "Alaves" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz ko'p imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz, birinchi navbatdagi - men. Biz o'sish uchun ishlashimiz kerak. Bizni uzun mavsum kutmoqda va biz ishonchliroq harakat qilamiz.

Men ko'p imkoniyatlardan foydalana olmayapman. Jamoaga gollarim kerak va yaxshi bo'lish uchun harakat qilmoqdaman. Oldimizda uzoq yo'l bor, ammo ishonch, qattiq mehnat va kamtarlik bilan natijaga erishamiz", - deydi Grizmann.

Grizmann kecha gol urgan holda Ronald Kuman qo'l ostida ilk samarali harakatni amalga oshirdi. Bu uchun unga 7ta o'yin kerak bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: marca.com